
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Eybar”ga qarshi uchrashuv (6:1)dan so‘ng poker muallifi Lionel Messi va braziliyalik futbolchi Paulino haqida iliq fikrlarni bildirdi.
“Messini ta’riflash uchun shunchaki so‘z ojiz. U juda mahoratli va g‘aroyib istedod sohibi. Messi – men ko‘rgan futbolchilar ichida eng aqllisi deb o‘ylayman.
Uning qanaqa pozitsiyada o‘ynashi muhim emas. Leo istalgan va kutilmagan vaqtda o‘yinni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Paulino – hozirda boshqa futbolchilardan ko‘ra o‘zini faolligini ko‘rsatmoqda. U jismonan juda kuchli futbolchi. O‘ylaymanki, Paulino shu ruhda davom etadi”, - deydi Valverde Marca nashriga bergan intervyusida.
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar