10:48 / 20.09.2017
4 661

Rustam Bobomurodov hakamlikdan chetlatildi

Rustam Bobomurodov hakamlikdan chetlatildi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘i asosida Hakamlar va inspektorlar qo‘mitasining navbatdagi majlisi chaqirilib, unda Rustam Bobomurodovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi. Bu haqda Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Shu yilning 16 sentyabrida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Liga 21-turi doirasidagi “Buxoro”-“Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodovning hakamligini O‘FF hakamlar va inspektor ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi ko‘rib chiqdi. Bo‘lim boshlig‘i Arslon Xatamov yakunda Rustam Bobomurodovga qoniqarsiz 4 ball qo‘ydi.

Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi boshlig‘i Noil Lutfullin qo‘mita yig‘ilishida so‘zga chiqib Rustam Bobomurodov masalasi bo‘yicha “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi” asosida qaror qabul qilishni taklif qildi. Natijada oliy liganing 21-tur o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan “Buxoro”-“Dinamo” o‘yinida bir necha jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan Rustam Bobomurodovning xizmat haqi yuz foizga kamaytirilib, hakamlikdan butunlay chetlatildi.

Alohida qayd etish kerakki, so‘nggi paytlarda O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasiga Rustam Bobomurodovning masalasi yuzasidan qanday qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning oqimi kuchaygan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rustam Bobomurodov hakamlikdan chetlatildi