date
views 4 898

O‘FFsi prezidentining virtual qabulxonasi ishga tushdi

ЎФФси президентининг виртуал қабулхонаси ишга тушди
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi raisi Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasi ishga tushdi, deb yozadi sputniknews-uz.com.

Murojaatnomalar O‘FFning maxsus sahifasida qoldirilishi mumkin yoki [email protected] elektron pochtasi orqali yo‘naltirilishi mumkin.

Virtual qabulxona hozircha sinov tartibida ishlamoqda. Murojaatlar qabul qilindimi-yo‘qmi, buni arizaning saytdagi maqomidan bilib olsa bo‘ladi.

"Kelajakda ariza berish jarayoni orttirilgan tajribaga muvofiq takomillashtirib boriladi", — deyilgan xabarda.


Umid Axmadjonovi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti lavozimiga sentyabr oyida saylangan edi. Axmadjonov ushbu lavozimga Mirabror Usmonovning o‘rniga kelgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FFsi prezidentining virtual qabulxonasi ishga tushdi