O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi a’zosi Bobur Shodiyev bugun Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Umid Ahmadjonovning tashrifdan ko‘zlagan asosiy maqsadi FIFA tasnifidagi xalqaro tadbir va musobaqalarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘lib, O‘FF Prezidenti Janni Infantino bilan o‘zaro suhbat chog‘ida o‘smirlar hamda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati, 17 va 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini qizg‘in muhokama qildi.
Shuningdek, O‘FF Prezidenti FIFA prezidenti bilan suhbat asnosida O‘zbekiston bugungi kunga kelib, FIFA Kongressi, shuningdek, FIFAning ixtisoslashgan forumlaridan biriga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar