Professional ringda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi.
G‘oibnazarov 22 sentyabr kuni AQShda meksikalik Viktor Rosas bilan jang o‘tkazdi. Bellashuvda hamyurtimiz ishonchli harakat qilib, g‘alaba qozondi. Toni Zayno hakamlik qilgan jangda Fazliddin G‘oibnazarov Rosasni ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratdi.
G‘oibnazarovning jangdan so‘ng KUN.UZ nashriga ma’lum qilishicha, jang kutilganidan ancha qiyinroq kechdi.
“Raqibim ancha kuchli edi, menga biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Biroq, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondim. Jangda meni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi bokschi.
Ma’lumot uchun: Rio olimpiadasidagi g‘alabadan so‘ng professional boksga o‘tgan Fazliddin bundan avvalgi ikki jangda Viktor Vaskez va Agustin Maurasni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Ba’zi ma’lumotlar ko‘ra, Fazliddin G‘oibnazarovning keyingi jangi joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot