Ispaniya chempionatining 6-turida peshqadam “Barselona” yirik g‘alabani tantana qildi.
Debyutant “Jirona” mehmoni bo‘lgan Valverde shogirdlari muhim uch ochkoni qo‘lgi kiritishdi. E’tiborli tomoni, dastlabki ikkita golni maydon egalari o‘z darvozalariga kiritib qo‘yishdi. Dastlab Jordi Albaning jarima maydonchasiga uzatgan to‘pini Aday, ikkinchi bo‘lim boshida esa Aleish Vidalning pasini Iraysos o‘z darvozalariga kiritib yuborishdi. 69-daqiqada Ispaniya pirmerosida 100-uchrashuvini o‘tkazayotgan Luis Suares o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" 18 ochko bilan turnir jadvalida hamon peshqadamlik qilmoqda. "Barsa" va "Real" o‘rtasidagi 7 ochkolik farq saqlanib qoldi.
Ispaniya chempionati, 6-tur.
“Jirona” – “Barselona” 0:3
Golы: 0:1 – 17, avtogol Aday, 0:2 – 48, avtogol Iraysos, 0:3 – 69 Suares.
Jirona – Iraysos, Xuanpe, Espinosa, Ramalo, Aday (Moxika, 69), Portu, Aleysh Garsiya, Duglas Luis, Pons, Maffeo (Moreno, 78), Olunga (Kayode, 60).
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Alba, Aleish Vidal (Andre Gomesh, 81), Umtiti, Serji Roberto, Rakitich, Paulino (Buskets, 67), Inesta (Denis Suares, 80), Messi, Suares.
Ogohlantirish: Maffeo (23), Aday (41), Kayode (83).
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot