
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov boshlanganligini e’lon qiladi.
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi quyidagi bo‘limlariga mutaxassislar tanlov asosida ishga taklif qilinadi:
- Sport bo‘limi;
- Marketing bo‘limi;
- Matbuot xizmati (ingliz, rus va o‘zbek tillarini biladigan jurnalistlar);
Shuningdek,
- Buxgalter;
- Kassir;
- Yuriskonsult;
- Xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassis;
- Futbol ishqibozlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis;
- Kotib/ish yurituvchi;
- Haydovchilar ham ishga taklif qilinadi.
Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
- soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
- futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi;
- futbol va sport sohasidagi me’yoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi;
- xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi;
- kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentatsiyalarni tayyorlashni o‘zlashtirgan bo‘lishi;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (rezyume)ni [email protected] elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar