Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqil bo‘lishi uchun yakshanba kuni o‘tkazilgan referendum FIFAning muhim tamoyillaridan biri bo‘lmish «futbol - siyosatdan xoli» tamoyilini yana bir marta yo‘qqa chiqarmoqda. Kataloniyaning asosiy klubi «Barselona» Ispaniya chempionatining 7-turida «Las-Palmas»ga qarshi o‘yinni muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qilib, imijiga zarar yetkazdi, muxlislar oldida obro‘si pasaydi, shuningdek, buning oqibatlari moliyaviy zarar keltiradi. Bu vaqtda esa Ispaniya terma jamoasiga 2018 yilgi jahon chempionatidan chetlatilish xavfi tahdid solmoqda.
O‘tgan haftaning juma kunida Ispaniya futbol ligasi prezidenti Xaver Tebas ma’lum qilgandiki, ajralish ro‘y bersa, Kataloniya klublari («Barselona» va «Espanol»dan tashqari «Jirona», shuningdek, quyi ligadagi Tarragonning «Himnastik» klubi) Ispaniya chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Yakshanba kuni esa Marca nashri FIFA bu holatni «hukumatning futbolga aralashuvi» deb baholab, Ispaniya terma jamoasini o‘zi homiylik qiladigan barcha turnirlardan chetlatishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.
Shu tariqa, 2018 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani deyarli naqd qilib bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi turnirdan qolib ketishi mumkin.
Juma kuni Tebas «Barselona» va «Las-Palmas» uchrashuvi oldindan belgilangan vaqtda o‘tkazilishini aytgandi. Ammo o‘yin boshlanishiga bir necha soat qolganida «Barselona» Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga murojaat qilib, xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘yinni qoldirishni so‘radi. Kun davomida Kataloniyadagi referendum tufayli saylovchilar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘ldi va kun oxiriga borib tartibsizliklar vaqtida jarohatlanganlar soni 800 nafardan ortdi.
Ammo futbol federatsiyasi o‘yinni qoldirmadi, natijada «Barselona» «Las-Palmas»ga qarshi o‘yinni muxlislarsiz stadionda o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Klub Kataloniya referendumi vaqtida saylovchilarga o‘z huquqlaridan foydalanishga ruxsat berilmaganini qattiq qoraladi. Klub vitse-prezidenti Karles Vilarubbi rahbariyat yon berib, «Las-Palmas»ga qarshi muxlislarsiz o‘ynashga qaror qilingani uchun iste’fo berdi. Klub prezidenti Xosep Bartomeu bu o‘yinni qoldirsa, klub 6 ochkodan mahrum qilinishini aytdi.
Pike terma jamoadan ketishga tayyor
«Barselona» muxlislari oxirgi daqiqalargacha o‘yinga kirishga umid qilishdi. Klubning ashaddiy muxlislari guruhi esa o‘yinni boykot qilishni so‘rashdi: «Kataloniya xalqiga qilingan adolatsiz repressiya vaqtida biz klubdan bu o‘yinda maydonga tushmaslikni so‘raymiz. Bunday kunda futbol o‘ynamaslik kerak. «Kamp Nou»ga bostirib kirib, zo‘ravonlikka qarshi aksiya uyushtiramiz». Ammo muxlislar stadionga qo‘yilmadi.
Jamoa futbolchilari o‘rtasida ham o‘yin oldidan qarama-qarshi fikrlar bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi o‘yinni o‘tkazish tarafdori edi. Mahalliy futbolchilar, xususan, Jerar Pike maydonga chiqishni istamagan. Lekin u oxir-oqibat o‘yinda qatnashishga majbur bo‘ldi, jamoa g‘alabaga erishdi hamda jarimadan qutulib qoldi.
O‘yindan keyin bergan intervyusida Pike Kataloniyani juda yaxshi ko‘rishini aytdi va bu adolatsizlik uchun Ispaniya terma jamoasidan ketishga tayyorligini aytdi.
Kataloniyadagi voqealarga munosabat bildirar ekan «Barselona»ning sobiq futbolchisi Xavi Kataloniyadagi holatni sharmandalik deb baholadi.
«Kataloniyada ro‘y bergan voqealar sharmandalik. Demokratik davlatda bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, fuqarolar saylovda qatnashish huquqidan foydalana olishi kerak. Men barcha kataloniyaliklarni qo‘llab-quvvatlayman».
Muxlislarsiz o‘tkazilgan o‘yinga baribir bir muxlis kirdi, Aragon va Kataloniya bayrog‘idagi libos kiygan kishi maydonga chopib chiqib, Kataloniya bayrog‘ini ko‘tardi.
Shu kuni «Las-Palmas» Ispaniya qirolligi bayrog‘ini ifodalovchi maxsus libosda harakatlandi.
«Kamp Nou» o‘yin vaqtida bo‘sh bo‘lgani izsiz ketmaydi. Vaziyat og‘ir, biz bu qiyinchilikni yengib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Biz muxlislarimizni baxtiyor qilish uchun o‘ynaymiz, lekin ular bugun yo‘q edi. Biz barchamiz bugun Kataloniyada nimalar sodir bo‘layotganini his qilib turibmiz», dedi o‘yindan keyin «Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 90 foizdan ortig‘i Kataloniya Ispaniyadan ajralib chiqishi uchun ovoz bergan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Senat: O‘zbekiston yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda