Farg‘onaning «Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z vaqtida og‘ir ahvolda qolgan jamoaga yordam berish maqsadida kelishilgan o‘yinni yutqazib berganini tan oldi, deb yozadi Tribuna nashri.
«Murabbiylik faoliyatimni endi boshlagan paytlarim edi. O‘shanda «Traktor» jamoasini boshqarardim. Oxirgi turda ligadan tushib ketshi xavfi ostidagi jamoa vakillari kelib menga iltimos bilan chiqishgan. Agar yutqazib bersak, ular Oliy ligada qolishi mumkin edi.
Bilasizmi, shunday vaziyatlar bo‘ladiki, yordam so‘rab kelgan odamga shunchaki yo‘q deb bo‘lmaydi. Bu yerda pul haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Pul taklif qilinganida bu iltimosni eshitib ham o‘tirmagan bo‘lardim. Shuningdek, agar bu jamoa chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bo‘lganida, bu iltimosni eshitmagan va oxirgi kuchimiz qolgunicha kurashgan bo‘lardik. Lekin o‘sha vaqtda oldimga kelib iltimos qilgan klub og‘ir ahvoldagi, ligani tark etishni istamayotgan jamoa edi. Shunda ham o‘zim qaror chiqarmaganman. Unga barcha futbolchilar ichida bu iltimosni aytishini, faqat ular hal qilishini bildirganman. Chunki, men hech qachon futbolchilarga «mana bu o‘yinni yutqazib berishimiz kerak ekan» deb ayta olmasdim. Aytmaganman ham.
Bu so‘zlarni sizga chin dildan aytayapman. Vaziyat shunaqa edi. Albatta, o‘shanda boshqa bir jamoa ligadan tushib ketgan... Umuman o‘sha vaziyatda so‘nggi qarorni futbolchilar qabul qilgandi. Lekin u yerda hech qanday pul haqida gap bo‘lishi mumkin emasdi, deya gapirib o‘tgan Abramov «Oriat Dono» radiosidagi jonli efirda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Senat: O‘zbekiston yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda