2018 yil Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati musobaqasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan Suriya–Avstraliya uchrashuvi yakuniga yetdi.
Unda 1:0 hisobida ortda borayotgan Suriya terma jamoasi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida Umar al Somaning penaltidan kiritgan goli evaziga muvozanatni tiklashga erishdi va JChning final yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini jasorat ko‘rsatgan holda orttirib olishdi. Mazkur uchrashuvni “Sport” telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatdi.
E’tiborli tomoni shundaki, O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan suriyaliklar o‘zlariga neytral bo‘lgan Malayziya stadionlarining birida o‘yin o‘tkazib kelishmoqda.
Shuningdek, bugun Suriya o‘rnida O‘zbekiston terma jamoasi ham bo‘lishi mumkin edi. Chunki suriyaliklar JCh-2018 saralash bosqichining so‘nggi 3-raundida Eron bilan 2:2 hisobida durang qayd etishib, jadvalda O‘zbekistondan faqat to‘plar nisbatiga jadvalda 3-o‘rinni egallab pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan. Xullas, Suriya terma jamoasining mundial yo‘llanmasi uchun ertagi davom etmoqda, O‘zbekiston termasida esa bu ertakka allaqachon nuqta qo‘yib bo‘lingan.
Eslatib o‘tamiz, javob o‘yini 10 oktyabr kuni Sidney shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs g‘olibi KONKAKAF mintaqasida to‘rtinchi o‘rinni olgan jamoaga qarshi JCh yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi. Javob bahsini o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib borishi haqida avvalroq xabar berib o‘tgandik.
JCh-2018 pley-off.
Suriya – Avstraliya 1:1 (0:1).
5 oktyabr, 17.30, “Stadium Hang Jebat” stadioni.
Gollar: 0:1 – 40 Kruz, 1:1 – 85, penalti Al-Soma.
Suriya: Alma, Al-Mavas (Al-Xatib, 76), Al-Adjan, Al-Masri, Kalfa (Al-Jafal, 46), Al Mobayed, Al-Midani, Xadj Moxamad, Yussef, Xribin (Mardikyan, 80), Al-Soma.
Avstraliya: Rayan, Bexich, Risdon (Rukavitsa, 63), Seynsberi, Milligan, Muy, Degenek, Lekki, Djerman, Yurich (Rogich, 83), Kruz (Luongo, 69).
Ogohlantirishlar: Al Mobayed (13), Risdon (36), Milligan (45), Degenek (51), Xribin (78), Lekki (80), Al-Masri (87).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Senat: O‘zbekiston yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda