Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha — 7 oktyabr kuni 65 yoshni qarshi oldi.
Shu kecha Rossiyaning «Lider—65» klubi Italiya faxriylariga qarshi futbol o‘ynab, 6:3 hisobida ustun keldi, deb yozdi Daryo nashri. «Lider—65»ni maydonga sardor sifatida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshlab chiqdi.
Qodirov jamoasida Rossiya futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlaridan Valeriy Karpin, Aleksandr Kerjakov, Roman Shirokov, Aleksandr Filimonov harakat qildi. Shuningdek, futbol afsonalaridan biri Ronaldino ham «Lider—65» safida ko‘rinish berdi.
Shou uchrashuvida ishtirok etish uchun Italiya futboli faxriylaridan Salvatore Skilachchi, Marko Kassetti, Fabritsio Ravanelli, Marko Delvekkio kabi mashhurlar keldi. Faxriylarga qarshi «Axmat» futbol klubi sardori Rizvon Utsiyev, Checheniston parlamenti vakili Magomed Daudov, Shimoliy Kavkaz vaziri Lev Kuznetsov kabilar ham o‘ynadi.
Italiyaliklar safida har uchala golga Marko Delvekkio mualliflik qildi. Rossiyaliklardan Roman Shirokov, Aleksandr Kerjakov, Lev Kuznetsov, Magomed Daudov 1 tadan gol urdi. Ronaldinyo ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Ramzan Qodirov esa 1 ta gol urib, bir marta golli uzatmani ham amalga oshirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Britaniya transport vaziri kichik yolg‘on tufayli iste’foga chiqdi
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi