Professional bokschimiz Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov 9 dekabr kuni faoliyatidagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimiz shu kuni rossiyalik Andrey Klimovga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Lekin kutilmaganda 35 yoshli Klimov hamda uning jamoasi o‘z rejasini o‘zgartirdi va Fazliddin bilan jang qilmasligini ma’lum qilgandi.
Nihoyat, mashhur promouter Bob Arum boshchiligidagi Top Rank kompaniyasi G‘oibnazarovga yangi raqib topdi. Olimpiada chempioni 9 dekabr kuni mag‘lubiyatsiz odimlayogan Stiven Ortizga qarshi ringga ko‘tariladi.
Amerikalik 24 yoshli bokschi shu kungacha professional ringda 7 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ikki bor raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. U so‘nggi jangini 24 iyun kuni o‘tkazgan va Tayrom Jonsni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fazliddin G‘oibnazarov va Stiven Ortiz o‘rtasidagi 8 raundlik jang AQShning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Oqshomning markaziy jangida ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko ringga ko‘tariladi.
Manba: olamsport.com “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi
AQSHda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
Senat: O‘zbekiston yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda