5 309
O‘zi uddaladi. Messining xet-triki Argentinani JChga olib chiqdi. Chili mundialsiz qoldi
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 musobaqalariga yo‘llanma uchun kurash olib borayotgan Janubiy Amerikada ham guruh bosqichi o‘yinlariga yakun yasaldi. So‘nggi turning eng katta intrigasi Argentina terma jamoasining mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi yoki aksincha bo‘lishi edi.
Ekvador mehmoni bo‘lgan Sampaoli shogirdlari baribir o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalashdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Messi kerak paytda terma jamoa uchun ham qahramon bo‘la olishini isbotladi. Uning eng kerakli uchrashuvdagi het-triki terma jamoani Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh final bosqichiga olib chiqdi.
Braziliya mehmoni bo‘lgan Chili terma jamoasi esa yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Paulino va Gabriel Jezusning (dubl) gollari Chilini umuman JCh yo‘llanmasidan mahrum qildi. Peru esa Kolumbiya bilan o‘z uyida durang o‘ynadi, ammo bunday imkoniyatdan Venesuelani qabul qilgan Paragvay foydalana olmadi. O‘z uyida yutqazib qo‘ygan paragvayliklar 5-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini boy berdi.
Natijada Braziliya ortidan KONMEBOL mintaqasidan Urugvay, Argentina va Kolumbiya terma jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Peru Okeaniya mintaqasi vakili Yangi Zelandiya bilan qit’alararo pley-off bosqichida o‘ynaydigan bo‘ldi.
JCh-2018 saralash bosqichi. KONMEBOL
18-tur
Ekvador – Argentina 1:3 (1:2)
Gollar: Ibarra (1) – Messi (12, 20, 62).
Ekvador: Bangera, Aymar, Ramires, Velasko, Arboleda, Ibarra, Orexuela, Intriago (Uchuari, 77), Sevalos (Valensiya, 41), Ibarra, Ordones (Estrada, 64).
Argentina: Romero, Merkado, Maskerano, Otamendi, Salvio (Fasio, 90), Di Mariya (Paredes, 84), Peres, Akunya, Bigliya, Benedetto (Ikardi, 76), Messi.
Ogohlantirishlar: Sevalos (14), Akunya (51), Bigliya (61), Estrada (75), Maskerano (86).
Braziliya – Chili 3:0 (0:0)
Gollar: Paulino (55), Gabriel Jezus (57, 90+3).
Braziliya: Ederson, Markinos, Aleks Sandro, Dani Alves, Miranda, Koutino (Firmino, 87), Kazemiro, Paulino, Renato Augusto (Fernandino, 82), Neymar (Villian, 85), Gabriel Jezus.
Chili: Bravo, Bosejur, Xara, Medel, Arangis (Pulgar, 46), Fuensalida (Puch, 63), Vargas, Valdiviya, Sanches, Ernandes (Paredes, 77), Isla.
Ogohlantirishlar: Koutino (40), Neymar (45), Sanches (54), Isla (68).
Peru – Kolumbiya 1:1 (0:0)
Gollar: Gerrero (76) – Xames (56).
Peru: Galese, Rodriges (Arauxo, 46), Ramos, Trauko, Yotun (Ruidias, 71), Tapiya, Karrilo (Reyna, 63), Kueva, Korso, Flores, Gerrero.
Kolumbiya: Ospina, Murilo, Fabra, Aryas, Sanches, Kuadrado, Agilyar, Sanches, Xames (Chara, 85), Falkao (Moreno, 90), Sapata (Barrios, 73).
Ogohlantirish: Karrilo (45).
Urugvay – Boliviya 4:2 (2:1)
Gollar: Kaseres (39), Kavani (42), Suares (60, 76) – Silva (24, avtogol), Godin (79, avtogol).
Urugvay: Muslera, Ximenes, Silva (Pereyra, 77), Kaseres, Godin, Bentankur, Vesino, de Arraskaeta (Lodeyro, 77), Valverde (Rodriges, 60), Kavani, Suares.
Boliviya: Lampe, Raldes, Sagredo, Valverde, Bexarano, Chumasero (Arse, 46), Kandiya, Kampos, Machado, Kastro (Xustiniano, 57), Moreno (Alvares, 69).
Ogohlantirish: Kandiya (70).
Paragvay – Venesuela 0:1 (0:0)
Gol: Errera (84).
Paragvay: Silva, Gomes, Alonso, Moreyra, da Silva (Samudio, 62), Piris, Roxas, Romero, Romero, Sanabriya (Kardoso, 56), Dominges (Bareyro, 56).
Venesuela: Farines, Anxel, Chanselor, Kixada, Ernandes, Kordova (Soteldo, 57), Errera, Martines (Otero, 77), Rinkon, Murilo (Moreno, 81), Rondon.
Ogohlantirishlar: Martines (25), Alonso (33), Roxas (39), Errera (47), Kardoso (73), Otero (86), Farines (90).
Chetlatishlar: Anxel (89), Gomes (89). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi