Agar Ronaldu gol ursa...

Agar Ronaldu gol ursa...
Xabaringiz bor, bugun tunda Chempionlar Ligasi 3-tur doirasida Madridning "Real" klubi o‘z maydonida Londonning "Tottenxem" jamoasini qabul qiladi.

"N" guruhi peshqadamligi uchun kechadigan bellashuvga har ikki klub jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Har ikki jamoaning asosiy futbolchilari safda. Faqatgina himoyachi Dani Karvaxal ("Real") va yarim himoyachi Dele Alli ("Tottenxem") uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majburlar.

Kuni-kecha mezbonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu La Liga o‘yinlaridagi 1-golini urishga erishdi. Ammo Chempionlar Ligasida portugaliyalikning ishlari ancha yaxshi ketmoqda. YeChLda Krishtianu ikki o‘yinda to‘rtta gol urib ulgurdi.

Ta’kidlab o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu gol urgan o‘yinlarning 85%da "qaymoqranglilar" g‘alaba nashidasini surganlar.
Bundan tashqari, portugaliyalik "Qirollik klubi" safida turli musobaqalar doirasidagi 250 o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgan (412ta gol).
Agar Ronaldu gol ursa...
Manba: championat.asia
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar