Bugun, 23 oktyabr kuni London shahrida “The Best FIFA Football Awards 2017” taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
Unda futbol olamida o‘tgan mavsum yuksak natijalarga erishgan futbolchi va murabbiylar FIFA tomonidan mukofotlanadi.
Taqdirlash marosimiga dunyoning millionlab muxlislari e’tibor qaratishi shubhasiz. Chunki, unda zamonamizning ikki buyuk futbolchisi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hamda Neymar eng nufuzli individual sovrin uchun asosiy da’vogarlar hisoblanishadi.
Shuningdek, marosimda FIFA Prezidenti Janni Infantinoning taklifiga binoan Londonga yetib borgan O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya qo‘mitasining a’zosi Bobur Shodiyev ham ishtirok etishlari haqida avvalroq xabar bergandik.
O‘zbekistonda mana shu tadbirga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olgan holda “UzReport TV” hamda “Futbol TV” ushbu ko‘rsatuvni jonli efirda to‘liq translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Demak, bugun, 23 oktyabr kuni 22:00 dan boshlab taqdirlash marosimining kirish qismi, yulduzlarning tashrifi, yo‘lak orqali o‘tishi va fotosessiyasi “UzReport TV” hamda “Futbol TV” orqali namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi