Fransiya chempionatining 11-turida peshqadam “PSJ” yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Diskvalifikatsiya qilingan Neymarsiz harakat qilgan parijliklar “Nitssa”ga qarshi bahsda 3-daqiqadayoq hisobn ochishdi. Di Mariyaning jarimadan uzatib bergan to‘pini Kavani raqib himoyachilaridan chaqqonroq harakat qilib to‘rga yo‘lladi. 31-daqiqada yana D Mariya-Kavani tandemining kombinatsiyasidan keyin urugvaylik hujumchi raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va uni ustalik bilan aldab o‘tib, bo‘sh darvozani qiyinchiliksiz ishg‘ol etdi. 52-daqiqaga kelib hisob yiriklashdi. Bu gal qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni Kavani boshi bilan sheriklari tomon uzatdi. To‘p esa “Nitssa” himoyachisi Dantening oyoqlariga tegib, darvozaga yo‘l oldi -3:0.
Ushbu g‘alabadan keyin parijliklarning ochkolari soni 29 taga yetdi va ular chempionat turnir jadvalini ishonch bilan boshqarishmoqda. “Nitssa” hisobida 10 ochko bor. Balotelli jamoadoshlari 14-pog‘onani egallab turishibdi.
Fransiya chempionati.
11- tur
PSJ – Nitssa 3:0
Gollar: 1:0 – 3 Kavani, 2:0 – 31 Kavani, 3:0 – 52, avtogol Dante.
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Rabo (Lo Chelso, 66), Draksler, Di Mariya, Mbappe (Pastore, 80), Kavani (Lukas Moura, 85).
Nitssa –Benites, Dante, Le Marshan, Byurne, Marlon, Sneyder, Lusamba, Mendi (Tamez, 66), Le-Melu (Sent-Maksimen, 78), Jalle, Balotelli (Plea, 72).
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi