Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan markaziy bahs- Bilbaodagi “San Mames” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida Messi jamoasining hujumini boshladi va to‘pni chap qanotdagi sherigi Albaga uzatdi. Qanot himoyachisi raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va to‘pni aynan Messiga qaytardi. Leo esa o‘zining afsonaviy chap oyog‘ida kuchli va aniq zarba yo‘llab, o‘yinda hisobni ochdi. Goldan keyin ham har ikkala tomonda ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa, mezbonlarning bir biridan xavfli zarbalarini “Barsa” posboni Ter Shtegen ajoyib “seyv”lar orqali bartaraf etib turdi. Mehmonlar o‘yinning so‘nggi daqiqalarida raqibni qarshi hujumda jazolashdi. Paulino darvozabon qaytargan to‘pni osonlik bilan bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi – 0:2.
Ispaniya chempionati, 10-tur.
Atletik – Barselona 0:2
Gollar: 0:1 – 36 Messi, 0:2 – 90 Paulino
Atletik – Arrisabalaga, Nunes, Laport, Inigo Lekue, Boveda, San Xose (Benyat, 68), Kordoba, Iturraspe, Raul Garsiya, Inyaki Uilyams (Susayeta, 83), Aduris.
Barselona –ter Stegen, Alba, Pike, Umtiti, Paulino, Serdji Roberto, Andre Gomesh (Nelson Semedu, 83), Buskets, Rakitich, Suares, Messi.
Ogohlantirish:Iturraspe (41), Buskets (47), Pike (63), Paulino (75), Umtiti (81).
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi