Kasilyas: Yana ikki yil o‘ynashni va EChL finalida «Real»ga ro‘baro‘ kelishni istayman

Kasilyas: Yana ikki yil o‘ynashni va EChL finalida «Real»ga ro‘baro‘ kelishni istayman
Kasilyas: Yana ikki yil o‘ynashni va EChL finalida «Real»ga ro‘baro‘ kelishni istayman

Madridning «Real» klubi sobiq hamda Portugaliyaning «Portu» jamoassi amaldagi darvozaboni Iker Kasilyas o‘zining kelajagi borasida gapirib o‘tdi.

«Portu» bilan mavjud shartnomamning shartlarini bajarishni istayman. Ruhan yaxshi ahvoldaman va agar jarohatlar bo‘lmasa, yana ikki yil o‘ynamoqchiman. Odatda, darvozabonlar boshqa futbolchilarga qaraganda uzoqroq o‘ynay olishadi.

«Real»ga keladigan bo‘lsak: Yevropa Chempionlar ligasining finalida ularga qarshi o‘ynashni istayman. Jamoamning bunga imkoniyati yetarli», - deydi Kasilyas.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar