O‘zbekiston futbol federatsiyasining Bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi Toshkent shahar futbol federatsiyasining tashabbusi bilan "Oltin vodiy" loyihasi dasturini ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyati vodiy ligasining markazi sifatida qayd etildi va O‘FF hamda PFL tomonidan maxsus dastur asosida boshqariladi.
Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan poytaxtda amalga oshirilayotgan barcha ko‘lamdagi ishlar vodiyda ham amalda qo‘llaniladi.
Bu esa vodiy futbolining yana avvalgi mavqeiga qaytishi va u yerdan yangidan yangi Fyodorov, Lebedev, Atoyan, Mirxoldirshoyev, Saidov, Berdiyev, Soliyev, Kapadze, Ashurmatov kabi futbolchilar tarbiyalanishiga zamin yaratadi.
XXI asr futbolida aksar vodiylik futbol yulduzlari bugungi kundagi muvaffaqiyatlariga poytaxt yoki Qashqadaryo jamoalarida to‘p tepib erishganlar.
Loyihani ishga tushirish orqali vodiylik mahalliy o‘smirlarni o‘z uylaridan uzoq bo‘lmagan holda sifatli xizmat turini olishini ta’minlash bo‘ladi.
Shu bilan bir qatordavodiy jamoalarini professionallikka yo‘naltirish chora-tadbirlari qo‘llaniladi. Vodiy jamoalari uchun marketing, OAV, bolalar futboli, litsenziyalash, murabbiylarning malakasini oshirish kabi dasturlar endi vodiyning o‘zida tajribali mutaxassislar tomonidan o‘rgatiladi.
Shuningdek, yagona markazda faoliyat olib boradigan mutaxassislar, vodiy jamoalari ishtirokidagi oliy va birinchi liga uchrashuvlarini OChL saviyasida o‘tkazish borasida mahalliy klublar bilan birgalikda ishlaydilar. Ayni kunda bunday xizmat turi bilan faqatgina OChLning muntazam ishtirokchilari, "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf" va "Lokomotiv" maqtana oladi. Xuddi shu sifat oliy va birinchi liganing barcha jamoalarida bo‘lishi darkor.
"Oltin vodiy" loyihasi asosida vodiyning turli shaharlarida, turli xildagi tadbirlar tashkil etiladi. Mazkur loyiha asosida O‘zbekiston Kubogi - 2018ning final o‘yiniga ham aynan vodiy stadionlaridan biri mezbonlik huquqini mavsum boshida qo‘lga kiritadi.
2018 yil mavsum avvalida professional klublar o‘rtasida "Oltin vodiy" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda vodiy klublaridan tashqari Respublikaning boshqa jamoalari ham ishtirok etadilar. Bu esa jamoalarni yangi mavsum oldi o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarisifatli o‘tishini ta’minlaydi.
Vodiy klublari va "Oltin vodiy" loyihasi ishtirokchilari 2018 yil OChL o‘yinlarining ishchi-guruhi tarkibida malakaoshiradilar. Shuningdek, "Neftchi", "Navbahor", "Andijon", "Qo‘qon-1912", "Sementchi" kabi jamoalarning bolalar va o‘smirlar futboliga mas’ul xodimi bolalar futboli rivojlangan Yevropa mamlakatlarida tajriba orttiradi. Bu loyiha yuqoridagi klublar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
"Oltin vodiy" dasturi asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. 2-liga jamoalari o‘rtasida vodiy ligasi;
2. U-14, U-16, U-18 jamoalari o‘rtasida vodiy ligasi;
3.U-7-U-18 jamoalari o‘rtasida Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarining ikki davralik tizimdagi chempionati;
4.U-7 - U-18 jamoalari o‘rtasida vodiy viloyatlarining chempionati.
"Yevropa andozasini o‘rganib chiqar ekanmiz, Germaniya, Belgiya, Ispaniya va Italiya kabi davlatlar poytaxtida berilayotgan xizmat turi chekka-chekka qishloqlarda ham qo‘llaniladi. Biz ham O‘zbekistonda shu ishni qo‘llaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi bilan imzolangan memorandum yordamida vodiydagi barcha BO‘SM va futbol litsey-internatlari hamda Olimpiya zaxiralari kollejlarini nazorat qilgan holda, u yerdagi ish sifatini oshirishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun albatta vodiy ligasini tuzishimiz lozim bo‘lardi.
Shu boisdan O‘FF Bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi va Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan "Oltin Vodiy" loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyiha O‘zbekiston futboli kelajagi yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz. Loyiha davomida ko‘plab yangiliklar bilan tanishib borasiz. 9 noyabr kuni O‘zbekistonga Jahon futboli afsonasi, Yevropa va Jahon chempioni Karles Puyol tashrif buyurayapti. Bu kabi tadbirlarni vodiyda ham o‘tkazamiz. Xalqaro o‘yinlar havosini olib kirishni maqsad qilganmiz. Bunga biroz vaqt ketadi, ammo dastur asosida uni ham uddalashimizga ishonamiz", - deydi O‘zbekiston futbol federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi