«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuga shart qo‘ydi.
Unga ko‘ra, agar portugaliyalik mutaxassis qishda yangi futbolchilar sotib olishni istasa, hozirgi tarkibdagi ayrim shogirdlari bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.
Klub rahbariyati yangi shartnomalar tuzishdan oldin kirim-chiqimlarni me’yorini nazoratga olmoqchi.
So‘nggi ikki yil ichida Mourinyu oltita asosiy tarkib o‘yinchisini sotib olish uchun jami 285 mln funt sarfladi.
Ayni paytda yarim himoyachi Maruan Fellaynining jamoadagi kelajagi noma’lum bo‘lib turibdi. Belgiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi