Neymar: Messi yo‘qligida jamoa yetakchiligini o‘z qo‘limga olishdan qo‘rqmayman


«Barselona» hujumchisi Neymar jamoadoshi Messi jarohat olgach, uning vazifasini bajarishdan cho‘chimasligini ta’kidlab o‘tdi.
«Men bolaligimdan mas’uliyatni o‘z zimmamga olib kelganman. Masalan «Santos»da va Braziliya terma jamoasida yetakchi bo‘lganman.
«Barselona» - ulardan farq qiladi, ammo biz o‘z vazifamizni yaxshi bilamiz. Men jamoamga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman va yangi sinovlar meni mutlaqo qo‘rqitmaydi», - deydi Neymar.































Izohlar 0
…