
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi” o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.
4 nafar bokschimiz yarim finalgacha yetib kelib, oldiniga Hasanboy Do‘smatov (52 kg) va Iqboljon Xoldorov (64 kg) finalga yo‘l olishdi.
75 kg vaznda raqiblariga umuman imkoniyat bermay kelayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimov final ostonasidagi jangda belaruslik Vladislav Savostyanov bilan kuch sinashdi.
Raqibiga nisbatan tajribali hisoblangan bokschimiz yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.
Shunday qilib, finalga yo‘l olgan bokschilarimiz soni uchtaga yetdi. Final janglari ertaga, 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar