Bugun, 1 dekabr kuni 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mundialga yo‘llanma olgan 32 ta terma jamoa oktyabr oyidagi FIFA reytingiga asosan 4 ta savatchaga ajratildi.
Mezbon jamoa hisoblanmish, Rossiya esa avtomatik tarzda birinchi savatchadan joy olgan.
Savatchalar quyidagicha ko‘rinish olgan:
Birinchi savatcha: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya.
Ikkinchi savatcha: Ispaniya, Peru, Shveysariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya.
Uchinchi savatcha: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron.
To‘rtinchi savatcha: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.
Har bir guruhdan bir qit’adan faqat bittadan jamoa joy oladi. Faqat Yevropa qit’asi bundan tashqari hisoblanadi.
Bitta guruhda Yevropadan ko‘pi bilan 2 ta jamoa bir-biriga to‘qnash kelishi mumkin.
Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Qur’a tashlash marosimi jarayonini Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni paytda futbol eksperti hisoblanmish Gari Lineker va boshlovchi Mariya Komandnayalar birgalikda olib borishadi. Taniqli aktyor Ivan Urgant marosimda boshlovchi vazifasini bajaradi.
JCh–2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyun kunidan 15 iyul kuniga qadar Rossiyaning 11 shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donudagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimini “Sport” telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etishni rejalashtirgan.
Shuningdek, marosimda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etishi haqida kecha xabar berib o‘tgan edik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi