21:39 / 01.12.2017
15 902

Qamoqdaligida islom dinini qabul qilgan Mayk Taysonning shaxsiy hayoti va mashhur janglari (Video)

Qamoqdaligida islom dinini qabul qilgan Mayk Taysonning shaxsiy hayoti va mashhur janglari (Video)
Dunyo boks qiroli deb tan olingan Mayk Tayson aslida yoshligida tenqurlaridan kaltak yeb yuradigan, qo‘rqoqroq bola bo‘lgan ekan. Onasi ovqatlanish uchun bergan pulini ham ko‘cha bezorilari uni kaltaklab olib qo‘yisharkan. Mayk Tayson bolaligidan kaptarlarni boqishga rosa qiziqqan. Uning hayotiga katta burilish yasagan hamda boks olamiga kirib kelishiga sabab bo‘lgan voqea ham aynan uning yaxshi ko‘rgan kaptari bilan bog‘liq. Kunlardan bir kun ko‘chadagi bezori bolalar Maykning qo‘lidagi sevimli kaptarini tortib oladida, uning boshini uzib tashlaydi.

Bundan Maykning qattiq jahli chiqadida, bezorilarning qilgan ishi uchun yaxshigina «javob qaytaradi». Shundan so‘ng undan hamma qo‘rqadigan, u esa o‘ta urushqoq bolaga aylanadi. Keyin esa uni 13 yoshida voyaga yetmagan jinoyatchilarning maxsus maktabiga yuborishadi. U yerda Mayk boks bilan jiddiy shug‘ullanadi. Ustozi Bobi Stuard unga nafaqat boksni, balki odob axloqni o‘rgatib tarbiyalab boradi. O‘zidan o‘zib ketganini tushungan ustozi uni yana ham kuchliroq murabbiy Kasu Damontoga shogirdlikka topshiradi. Mayk Tayson 15 yoshidan bokschi sifatida karerasini boshlaydi.

Shundan keyin u boks olami vakillari hamda muxlislarni lol qoldirgan o‘yinlari bilan dunyo boks qiroli darajasida mashhur bo‘lib ketadi.
Mayk Taysonning keyingi shaxsiy hayoti hamda raqiblarini belgilangan vaqtdan oldin nokautga uchratgan qoyilmaqom janglari to‘g‘risida quyidagi video orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qamoqdaligida islom dinini qabul qilgan Mayk Taysonning shaxsiy hayoti va mashhur janglari (Video)