Londonning “Chelsi” klubi egasi Roman Abramovich kuni-kecha “Xall Siti”dan bo‘shatilgan rossiyalik murabbiy Leonid Slutskiyga klub rahbariyatidan joy taklif qilmoqchi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Slutskiy klubdan noyabrda Maykl Emenalo ketgandan keyin bo‘sh qolayotgan texnik direktor lavozimiga da’vogarlik qilmoqda.
“Xall Siti” va Slutskiy o‘rtasida shartnomaning bekor qilinishi ikki tomon roziligi bilan amalga oshirilgan. Hozirda klub 20 ta o‘yinda 19 ochko to‘plab, chempionshipning musobaqa jadvalida 24 jamoa ichida 20-o‘rinni egallamoqda. Slutskiy klubga joriy mavsum boshida murabbiy etib tayinlangandi.
Avgustda Slutskiy intervyularidan birida Abramovichning unga Angliyada ko‘rsatgan yordami haqida gapirib o‘tgandi.
“Roman Arkadevich menga juda katta yordam berdi, biroq bu yordam o‘qishdan o‘tishim kabi ko‘proq maishiy narsalar bilan bog‘liq bo‘ldi: men bu vaqt davomida “Chelsi” mehmonxonasida yashadim. Klub menga nafaqat o‘z o‘yinlari, balki men tanlagan har qanday o‘yin uchun chiptalar olishda yordam berdi. Bu juda professional tashkil etilgandi. Menga yangi mamlakatda, yangi sharoitlarga moslashishda ko‘rsatilgan yordam uchun juda minnatdorman”, deb aytgandi Slutskiy. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi