5 647
Jorjina Rodriges Ronalduni beshinchi “Oltin to’p” bilan qutladi va unga sevgi izxor qildi
Bir necha kun avval beshinchi bor “Oltin to’p” mukofotiga sazovor bo’lgan jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga qaytadan erishdi.
Xabarda aytilishicha, taqdimot marosimiga futbolchini qo’llab-quvvatlash uchun uning sevgan qizi Jorjina Rodriges ham birga tashrif buyurgan. Jorjina a’lo darajadagi tashqi ko’rinishi bilan Krishtianu xamrohligida kameralar qarshisidagi asosiy qahramonlardan biriga aylandi.
G’urur va quvonch hissidan masrur model Instagram orqali o’z yorini o’ta chiroyli tarzda tabrikladi va taqdirlash marosimi chog’ida olingan suratni ham tabrik yoniga ilova qildi.
“Hech qachon orzu qilishdan to’xtama. Bu sening beshinchi “Oltin to’p”ing. Men yoningda ekanligimdan baxtiyorman. Seni sevaman” deb yozgan futbolchining yori.
Ronaldu esa o’z g’alabasini quyidagicha izohladi:
“Mening yana bir orzuyim amalga oshdi. Bu juda zo’r tuyg’u. Oilamga, do’stlarimga, guruhdagi hamkasblarimga, murabbiylarga va ko’p yillar davomida men bilan birga bo’lgan barchaga rahmat!
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda