O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umidjon Ahmadjonov, kelajakda o‘zbek futboli muxlislariga sovg‘alar ko‘p ekanligini ma’lum qildi.
- Hozirda bir necha murabbiylar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Oldinroq, milliy terma jamoa uchun bosh murabbiylikka kimlar bilan muzokaralarga kirishganimizni ma’lum qilgandik. Biroq hozircha hech kimdan aniq javob ololmadik. Yanvar oyining boshida O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyini e’lon qilamiz. U sobiq termasida jahon chempionati missiyasini uddalagan bo‘ladi. Uning kelishi barchani xursand qiladi.
Ha, bir necha davlatlar bilan memorandumlar imzoladik. Janubiy Koreya, Yaponiya kabi Osiyoning futboli kuchli rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik qilamiz. Keyingi yilda ham, shunday ishlarni davom ettirmoqchimiz. Xususan, Angliya, Germaniya, Fransiya kabi dunyoning futboli eng kuchli mamlakatlar bilan hamkorlik qilish niyatimiz bor.
Shuningdek, UYeFA tashkiloti bilan ham bu borada kelishuvga erishilgan. Keyingi yili u yerga borib, rasman hujjatlarga imzo chekamiz.
Umuman olganda, maqsadimiz – O‘zbekistonda futbolni millionlab muxlislari uchun keng targ‘ib qilishdir. Ha, keyingi yilga muxlislarimizga bir nechta sovg‘alarimiz bor. Oldinroq ma’lum qilinganidek, Marokash va Eron terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazamiz.
Biroz vaqt o‘tib, yillik rejamiz borasida ma’lumotlar beramiz. Bolalar futbolida ham bir necha istiqbolli dasturlar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, har bir yosh toifasida katta turnirlar o‘tkazib, terma jamoalar zahirasini boyitish niyatimiz bor. Undan tashqari, kichik yoshdagi futbolchilardan iborat terma jamoalar ham xorijiy davlatlarda yig‘inlar uyushtirishi mumkin bo‘ladi. Maqsad, ularni katta futbolga jiddiy tayyorlash va milliy terma jamoaning asosini kengaytirishdir, - deydi Umid Ahmadjonov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FF O‘zbekiston terma jamoasiga, faqat xorijdan mutaxassis olib kelishini aytib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?