08:20 / 24.12.2017
4 786

«Manchester Yunayted» g‘alabani boy berdi

«Manchester Yunayted» g‘alabani boy berdi
«Manchester Yunayted» Angliya premer ligasining 19-turi doirasida «Lester Siti»ga qarshi o‘ynadi. Lesterdagi «King Pauer — Uolkers» stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

O‘yin boshida Riyoz Mahrez to‘pni raqib jarima maydonida bo‘sh turgan Jeymi Vardiga uzatdi. Hujumchi esa osonlik bilan David De Xeani dog‘da qoldirdi. O‘yinning 40-daqiqasida Antoni Marsiyal chap qanotdan hujumga o‘tib Jessi Lingardga to‘pni uzatdi, uning zarbasi Xuan Mata orqali darvozaga borib tushdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Mata standart vaziyatdan «tulkilar» darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qildi. 74-daqiqada Daniel Amarti Markus Rashfordga ishlatgan qo‘polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. 94-daqiqada Mark Olbrayton chap qanotdan darvozaning uzoq burchagi sohasiga pas uzatdi, to‘pga Garri Maguayer teginib qo‘ydi va hisob tenglashdi - 2:2.

«Manchester Yunayted» endilikda 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda va «Manchester Siti»dan 13 ochkoga ortda qolmoqda. «Lester» 27 ochkosi bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati
19-tur
Lester – Manchester Yunayted 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 27 Vardi, 1:1 – 40 Mata, 1:2 – 60 Mata, 2:2 – 90 Maguayr.
Lester – Shmeyxel, Simpson (Amarti, 57), Morgan, Maguayr, Fuks, Ndidi, Iborra (Okadzaki, 67), Mahrez, Grey (Chiluell, 80), Olbrayton, Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Smolling, Jons, Yang, Pogba, Matich, Mata (Mxitaryan, 83), Lingard (Errera, 76), Marsiyal (Reshford, 71), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Lindelef (34), Matich (47), Olbrayton (54), Amarti (69), Marez (81).
Chetlatish: Amarti (73).

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» g‘alabani boy berdi