
Filippinlik bokschi Menni Pakyaoning navbatdagi jangi 2018 yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. "Pakmen" bundan oldingi jangini iyulda avstraliyalik Jeff Xornga qarshi o‘tkazib, ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan.
– Biz aprelda bo‘ladigan jang sanasini aniqlashtirishni maqsad qilganmiz, – deya bokschining promouteri Bob Arumning so‘zlarini keltiradi Boxing Scene nashri. – U anderkard jangida ringga chiqishni xohlamaydi. U jang qiziqarli bo‘ladi deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Pakyao o‘tkazilgan janglarida 59 g‘alaba qozongan bo‘lsa (38 nokaut), 7 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar