Angliya Premer-ligasining 22-turida «Everton» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. «Gudison Park» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
G‘oliblar safida gollarga Antoni Marsiyal va Jessi Lingard mualliflik qilishdi.
Shu tariqa, mankunianliklar APLda 3 durangdan keyingi ilk g‘alabani nishonlashdi, «Everton» g‘alabasiz seriyasini 4 o‘yinga yetkazdi (2 durang va 2 mag‘lubiyat).
Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» ochkolari sonini 47taga yetkazgan va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa qaytgan, «Everton» 27 ochko bilan — to‘qqizinchi o‘rinda qolmoqda.
Angliya chempionati
22-tur
Everton – Manchester Yunayted 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 57 Marsiyal, 0:2 – 81 Lingard.
Everton – Pikford, Xolgeyt, Kin, Uilyams, Martina, Devis, Shnayderlin, Vlashich, Runi (Makkarti, 62), Bolazi (Lennon, 62), Nyasse (Kelvert-Lyuin, 81).
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Jons, Roxo, Shou, Errera, Matich, Pogba, Mata (Tuanzebe, 90), Marsiyal (Reshford, 77), Lingard (Blind, 87).
Ogohlantirishlar: Runi (43), Xolgeyt (83). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi