
2018 yil fevral oyining boshida Toshkentda katta voqelik ro‘y beradi – FIFA va Coca-Cola tomonidan Jahon chempionati Kubogining yurtimizga olib kelinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati Kubogining turnesi 2017 yilning sentyabr oyida Moskva shahridagi “Lujniki” stadionidan boshlangan. Ushbu turga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, FIFA prezidenti Janni Infantino, Jahon chempionlari - Bebeto va David Trezegalar start berishgandi.
Toshkentga kelishidan avval Jahon chempionati Kubogi Sharqiy va Markaziy Osiyodagi to‘qqizta davlat poytaxtini aylanib chiqadi. Toshkentdan keyin esa yana 34ta davlat poytaxtiga olib boriladi. Jahon chempionati Kubogi Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari ichida birinchi bo‘lib Toshkentda to‘liq bir kun bo‘ladi.
JCh Kubogi iyun oyigacha 50dan oshiq mamlakatni aylanib chiqishini qo‘shimcha qilish zarur. Bu ushbu loyiha tarixidagi eng uzun turne hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar