10:10 / 23.01.2018
4 493

Ravshan Haydarov: "Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvda eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz"

Равшан Ҳайдаров: "Жанубий Кореяга қарши беллашувда энг яхши ўйинимизни кўрсатамиз"
Xabaringiz bor, ertaga Xitoyda U-23 Osiyo chempionatida yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘zaro kuch sinashadi.
Bugun mazkur bellashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda terma jamoamiz ustozi Ravshan Haydarov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Hozir tarkibda hech qanday muammo yo‘q. Barcha futbolchilar ertangi bahsga tayyor. Jismoniy, taktik va ruhiy jihatdan bo‘lajak bellashuv oldidan xavotirim yo‘q. Biz Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvda eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya bir xil vaziyatda. Chunki ikkala terma ham turnirda 4 tadan o‘yin o‘tkazgan.

Yaponiyaga qarshi bahsdagi yirik g‘alaba aqlbovar qilmas natija. Janubiy Koreya qanaqa salohiyatga ega ekanligini juda yaxshi bilamiz. Umid qilamanki, shogirdlarim bu qarama-qarshilikda ham xuddi oxirgi uchrashuvda Yaponiyaga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizni namoyish etishadi.

Endi biz Janubiy Koreya bilan bahsda aqlli va jismonan kuchli bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Chunki ular ancha kuchli raqib hisoblanishadi. Biz ertaga raqibga munosib qarshilik ko‘rsatamiz, - deydi Haydarov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvda eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz"