O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov U-23 Osiyo chempionatida yarim finalida ajoyib o‘yin namoyish etib, Janubiy Koreyani 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini final yo‘llanmasi bilan tabrikladi.
“Uchrashuvni Parijdan tomosha qilishimizga to‘g‘ri keldi. Toshkentga qaytishimiz oldidan yigitlarimizning tarixiy natija qayd etib, finalga yo‘l olgani kayfiyatimizni ko‘tarib yubordi.
Biroq, bu hali hammasi emas. Ko‘zi yonib turgan futbolchilarimiz finalda ham shunday tempda to‘p surib, qit’a chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishlariga ishonaman.
Natijadan juda xursandman. Bu tasodifiy g‘alaba emasligi kishini ikki karra xursand qiladi. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, yigitlarimizda ishtiyoq juda baland.
Bu futbolchilarimiz uyg‘onayotganidan darak bo‘lsa, ajab emas. Axir biz Yaponiya, Janubiy Koreya kabi termalarni yirik hisoblarda mag‘lub etmoqdamiz.
Ba’zida shunday, muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol o‘ynab, yakunda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham olqishlanadi. Muhimi, futbolni yurakdan o‘ynash. Men so‘nggi ikki bellashuvda shuni ko‘rdim”, deydi Umid Ahmadjonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”