«Xalq so‘zi online» nashri O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyu uyushtirdi. Ahmadjonovning aytishicha, u federatsiyadagi rahbarlik vakolatini topshiradi.
«Avvalo, meni ushbu lavozimga munosib ko‘rgan davlatimiz rahbariga yuksak ishonchlari uchun cheksiz minnatdorlik izhor etaman. Zimmamga qanday mas’uliyat yuklanganligini juda yaxshi his etib turibman, shunday ekan, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlash uchun ikki karra kuch va g‘ayrat bilan ishlashga tayyorman», — dedi Umid Ahmadjonov.
Savolingizga keladigan bo‘lsak, ikki tashkilotga rahbarlik qilishim bu vaqtinchalik bo‘lib, joriy yilning 25 yanvarida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi va unda tashkilotga yangi rahbar saylanishi kutilmoqda. Demakki, futbol federatsiyasida rahbarlik vakolatimni topshiraman. Ammo bu futboldan butunlay ketaman degani emas. Chunki o‘zbek futbolida boshlab qo‘ygan bir qator yangi loyiha va rejalarimiz bor, ularni nihoyasiga yetmazmay turib ortga chekinish adolatdan bo‘lmaydi.
Umid Ahmadjonov
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi