5 276
Janubiy Koreya prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston OTJ finalga chiqqani bilan tabrikladi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi", - deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.
"Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Prezident Mun Chje Inni tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.
2017 yilning noyabr oyida Seul shahrida bo‘lib o‘tgan tarixiy ahamiyatga ega oliy darajadagi samarali uchrashuv va muzokaralar ko‘p qirrali o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani hamda ikki tomonlama munosabatlarga aniq amaliy mazmun baxsh etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezident Mun Chje In Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga tabrik va ezgu tilaklar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Prezidenti timsolida O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligini har tomonlama mustahkamlash borasida haqiqiy do‘st, maslakdosh va hamfikrga ega bo‘lganini alohida ta’kidladi.
Koreya Respublikasi rahbari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning zamonaviy O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasini yuksak baholadi. O‘zbekiston va Janubiy Koreyada amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning yangi bosqichi muhim vazifalari va ustuvor maqsadlariga ko‘ra mushtarak ekani qayd etildi.
Muloqotda ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi.
Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi, ilm-fan yutuqlari va texnologiyalarini O‘zbekistonda sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish, ijtimoiy sektorni rivojlantirishga faol jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Koreya Respublikasi Prezidenti ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo chempionatida yoshlar terma jamoamiz ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yin va jamoamiz musobaqa finaliga chiqqani bilan samimiy qutladi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi rahbariyati va xalqiga Pxyonchxanda tashkil etiladigan va jahon sporti tarixiga kiradigan, haqiqiy do‘stlik va o‘zaro anglashuv bayramiga aylanadigan qishki Olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishini chin dildan tiladi.
Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari va an’anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladilar", - deyiladi xabarda.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...