03:52 / 26.01.2018
4 821

Ispaniya kubogi. «Barselona» yarim finalga chiqdi

Ispaniya kubogi. «Barselona» yarim finalga chiqdi
spaniya kubogi musobaqasining so‘nggi yarim finalchisi nomi aniq bo‘ldi. Javob o‘yini doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Espanol"ni qabul qildi. Dastlabki o‘yinda Kike Sanches Flores shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

"Kamp Nou"dagi bahsning 9-daqiqasidayoq mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Messi o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Vidalga uzatma berdi va Aleish raqib darvozabon maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Pau Lopes to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada Luis Suares bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan — 25-daqiqada "ko‘k-anorranglilar" hisobdagi farqni oshirishdi. Mehmonlar maydon egalarining hujumini to‘xtatgandek bo‘lishgandi, ammo jarima maydonchasi ostonasida Messi "Espanol" himoyachilaridan to‘pni olib qo‘ydi va 18 metrlardan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida to‘rga borib tushdi.

Messining o‘zi tanaffusga qadar yana 2 marta ishg‘ol etishi mumkin edi, biroq argentinalik futbolchi yaqin masofalardan zarba berishda biroz xatoga yo‘l qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar nisbatan ehtiyotkor o‘tkazishdi. Shunga qaramay, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida "Barsa" 2ta yaqqol golga tortadigan vaziyat yaratdi. "Espanol" darvozabon bir vaziyatning o‘zida Suares va Rakitich tomonidan yaqin masofadan yo‘llangan zarbalarni qaytargan bo‘lsa, keyingi vaziyatda darvoza ustuni uning joniga oro kirdi. Ikkinchi vaziyatda Rakitichning uzatmasidan keyin Paulino bosh bilan zarba yo‘llagandi.

"Barselona" javob o‘yinida o‘ziga kerakli natijani qayd etdi va Ispaniya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Avvalroq "Sevilya", "Valensiya" va "Leganes" klublari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Ispaniya kubogi, chorak final, javob o‘yini
Barselona – Espanol 2:0 (2:0)
Gollar
: 1:0 – 9 Suares, 2:0 – 25 Messi.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal (Paulino, 63), Buskets, Serdji Roberto, Rakitich (Andre Gomesh, 90), Inesta (Koutino, 68), Messi, Suares.
Espanol – Lopes, Ermoso, Naldo, Karikol, Lopes Silva, Sanches (Melendo, 86), Darder (Baptistao, 46), Granero (Garsiya, 65), Xavi Fuego, Mark Navarro, Moreno.
Ogohlantirishlar: Suares (8), Ermoso (19), Messi (27), Alba (38), Granero (60), Garsiya (72), Naldo (77), Paulino (82).
Dastlabki o‘yin: 0:1

Manba: stadion.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya kubogi. «Barselona» yarim finalga chiqdi