
27 yanvar O‘zbekiston U23 terma jamoasi uchun tarixiy sanaga aylanadi. Zero bugun terma jamoa Osiyo Chempionatining finalida ilk bor maydonga tushadi.
O‘FA O‘zbekiston U23 termasining Vetnamga qarshi final o‘yinini birgalikda tomosha qilishni taklif etdi
Xitoy mezbonlik qilayotgan Osiyo Chempionatining finalida o‘zbekistonlik futbolchilar Vetnamga qarshi saf tortadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi va Sport-TV kanali orqali jonli namoyish etiladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tarixiy uchrashuvni birgalikda tomosha qilish uchun futbol muxlislariga sharoit yaratib berishni maqsad qilgan. Avvaliga Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida joylashgan katta ekranda final uchrashuvi namoyish etiladigan bo‘ldi. Keyinroq estafeta Samarqand, Namangan va Andijon shaharlariga ham ko‘chdi.
Xabar berishlaricha, Andijondagi katta ekrandagi finalni tomosha qilish uchun viloyat hokimining shaxsan o‘zi tashrif buyuradi. Bunda o‘zbekistonlik futbol muxlislari ehtimoliy bayramni birgalikda nishonlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Osiyo Chempionati U23
FINAL
27 yanvar, shanba
O‘zbekiston — Vetnam “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar