3 765
Andrey Sidorov: «Hujumchi sifatida fikru yodim hamisha raqib darvozasini ishg‘ol qilishga qaratilgan...
Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan poytaxtimizga yetib kelishdi. «Xabar.uz» muxbiri Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi — finalda Vetnam olimpiyachilari darvozasiga hal qiluvchi golni urgan Andrey Sidorovdan ekslyuziv intervyu oldi.
— Men uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda maydonga tushgan bo‘lsam-da, ich-ichimdan gol urishimni his qilayotgan edim. Hozir bu gaplarim odamlarga balandparvoz so‘zdek tuyulishi mumkin, ammo men hujumchi sifatida fikru yodim hamisha raqib darvozasini ishg‘ol qilishga qaratilgan. Bizga shunday o‘rgatishgan, maydondagi boshqa o‘yinchilardan farqimiz ham — shu.
Ammo maydonda doim ham hujumchilar gol uravermaydi, uchrashuv qahramoni istalgan ampulada o‘ynovchi futbolchi bo‘lishi mumkin. Finalda bu menga nasib etganidan, yurtdoshlarimiz orziqib kutilgan g‘alabaga hissamni qo‘sha olganimdan benihoya xursandman. O‘yindan so‘ng darhol uyimdagilarga qo‘ng‘iroq qildim. Ular ham o‘zlarida yo‘q shod edilar.
Fursatdan foydalanib, menga ishonch bildirib, final uchrashuvida maydonga tushirgan murabbiyimga minnatdorchilik bildiraman. Uning, O‘zbekistonimning, millionlab muxlislarimizning ishonchini oqlay olganimdan baxtiyorman.
Kezi kelganda yarim tun, qahraton qish, izillagan sovuq bo‘lishiga qaramay bizni kutib olishga chiqqan davlat va hukumat rahbarlariga, futbol muxlislariga rahmat deyman!
Muxbirimizning «Kelgusi rejalaringiz qanday?», degan savoliga: «Hozircha bu haqda o‘ylamayapman», deb javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi vetnamliklarni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. E’tiborlisi, o‘yinning 118-daqiqasida maydonga tushgan Andrey Sidorov 120-daqiqada burchakdan yo‘llangan zarbani Vetnam darvozasiga aniq yo‘llashning uddasidan chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)