11:01 / 29.01.2018
7 156

Chempionlarga 26 ta Malibu avtomobilining kalitlari topshirildi (video)

Chempionlarga 26 ta Malibu avtomobilining kalitlari topshirildi (video)
Bugun, 29 yanvar kuni yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati musobaqasida Vetnam terma jamoasini dog‘da qoldirib, finalda g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoydan qaytib keldi, deb xabar qilmoqda Qalampir.uz nashri.

Chempionlar Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quranboyev va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar, OAV xodimlari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishdi.

Chempionlar joylashgan kortej dastlab Aeroport terminal-3 (mahalliy), Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sharof Rashidov, Navoiy ko‘chasi hamda Amir Temur aylanmasi va “O‘zbekiston” mehmonxonasi bo‘ylab harakatlandi.

“O‘zbekiston” mehmonxonasiga tomon yo‘l olgan chempionlar joylashgan kortej muxlislar tomonidan tarixiy kechada iliq kutib olindi.

Shundan so‘ng, mehmonxona hovlisida chempionlarni rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir Abdulla Aripov Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirdi.

Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 22 futbolchiga oq rangdagi Malibu, murabbiylarga esa 4 ta qora rangdagi Malibu avtomobili kalitlari “Prezident sovg‘asi” sifatida hadya etildi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoyga quyidagi tarkibda yo‘l olgan edi.

Darvozabonlar: 12.Dilshod Hamroyev (“Navbahor”), 1.Botirali Ergashev (“Paxtakor”), 21.Rahimjon Davronov (“Mash’al”);

Himoyachilar: 2.Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), 3.Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), 4.Akrom Komilov ("Bunyodkor"), 5.Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), 6.Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), 20.Doston Tursunov (“Neftchi”), 13.Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), 18.Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), 15.Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);

Yarim himoyachilar: 17.Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), 7.Odil Hamrobekov (“Nasaf”), 10.Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-192”), 8.Jasurbek Yaxshiboyev (“Paxtakor”), 16.Doniyor Narzullayev (“Nasaf”), 14.Abdujamol Isroilov (“Neftchi”), 23.Suhrob Nurulloyev (“Paxtakor”);

Hujumchilar: 9.Zabihillo O‘rinboyev (“Paxtakor”), 22.Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), 11.Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”).

Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqa finalida Vetnam terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgandi.

120 daqiqa kechgan o‘yinning 119-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Sidorov musobaqadagi yagona zarbasi bilan o‘z nomini tarixga muxrlab qo‘ygandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlarga 26 ta Malibu avtomobilining kalitlari topshirildi (video)