13:20 / 29.01.2018
4 208

«Barselona» navbatdagi rekord sari ketmoqda

«Barselona» navbatdagi rekord sari ketmoqda
Ispaniya chempionatining 21-turida «Alaves» ustidan irodali g‘alabaga erishgan «Barselona» mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. O‘yinning 23-daqiqasida Yon Gvidettining aniq zarbasidan keyin mehmonlar oldinga chiqishgandi. Ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar Luis Suares (72-daqiqa) va Lionel Messi (84) urgan gollar evaziga g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, kataloniyaliklar Primeraning joriy mavsumida mag‘lubiyatsiz seriyasini 21 o‘yinga yetkazishdi. Bu jamoa o‘z rekordini takrorlashi bo‘ldi. Bu rekord 2009/10 yilgi mavsumda Xosep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa tomonidan o‘rnatilgandi.

Keyingi turda «Barselona» «Espanol» mehmoni bo‘lishadi. Valverde jamoasi Kataloniya derbisida g‘alabaga erishsa, rekord yangilanadi.

Ayni vaqtda «Barselona» Ispaniya chempionatida 57 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» navbatdagi rekord sari ketmoqda