
Bugun, 1 fevral kuni Hindistonda bo‘lib o‘tgan India Open turnirida 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarini o‘tkazishdi.
Oltin medal uchun ringa chiqqan 7 nafar bokschidan 5 nafari maqsadga erishdi, ikki bokschi kumush medal bilan cheklanadigan bo‘ldi.
Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Abdulhay Shorahmatov va Xudoynazar Fayzov o‘z raqiblaridan ustun keldi, Sanjar Tursunov va Iqboljon Xoldorov mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, 10 sportchi bilan turnirga borgan O‘zbekiston vakillari 5 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan birinchi bo‘lishdi. Ikkinchi o‘rinni 3ta oltin medal olgan Kuba vakillari egallashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.