
Ma’lumki, boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi ilk uchrashuvni safarda Kubaning “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi o‘tkazadi.
Mazkur bellashuvlar 9-10 fevral kuni Kubada tashkil etiladi. Kecha tunda “Uzbek Tigers” jamoasi bokschilari ushbu musobaqada ishtirok etish uchun okeanortiga jo‘anb ketdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Quyidagi bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:
-52kg: Xudoynazar Fayzov;
-60kg: Shunqor Abdurasulov;
-69kg: Mahmud G‘oipov;
-81kg: Madiyar Saydraximov;
+91kg: Bahodir Jalolov;
P.S. Sportchilarning jismoniy holatiga qarab murabbiylar ro‘yxatni o‘zgartirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Kuba va 1 mart Kolumbiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlari Termiz shahrida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar