
Aralash uslub (UFC) bo‘yicha rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan chempionlik kamari uchun kutilayotgan jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men uchun bu qiziq. U bilan jangga xuddi o‘limga chiqqandek chiqaman. Mening boshqa ilojim ham yo‘q. Bu jang ikkimizdan qaysi birimiz kuchli ekanini ko‘rsatib beradi», - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «Kun.uz» nashri.
Shuningdek, rossiyalik raqibiga to‘g‘ri baho berayotganini ma’lum qildi.
«Biroq, uning ingichka belini ushlab olganimda, u hech narsa qila olmaydi. Ko‘plar u parterda kuchli ekani, tirsaklari bilan zarba berishda juda xavfli ekanini aytishmoqda. Lekin men ham avval hech kim ko‘rmagan ko‘plab narsalarni ko‘rsatib berishim mumkin. Bu bizning qarama-qarshiligimizni ancha qiziq qiladi.
Mening o‘zim bu jangni juda kutmoqdaman. Kerakli vaznga erishish uchun mashg‘ulotlarni tezroq yakunlashga harakat qilaman, shundan so‘ng uni mag‘lubiyatga uchrataman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang Nyu-Yorkda 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing