
Ayni kunlarda Xitoy Taypeyi mamlakatida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning chorak final o‘yinlariga start berildi.
Jumladan, biroz avval Eron hamda Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.
Mazkur o‘yinda eronliklar O‘zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi Xose Mariya Mendez boshqaruvidagi Tailandni yirik 9:1 hisobida mag‘lub etishdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Endilikda eronliklar yarim final bosqichida Vetnam – O‘zbekiston juftligi g‘olibi bilan bahs olib borishadi.
O‘zbekiston terma jamoasidan esa bugungi o‘yinda faqat g‘alaba qozonish talab etiladi.
Hozirda Vetnam – O‘zbekiston uchrashuvida hisob ochildi. Mashrab Odilov o‘yinning 9-daqiqasida o‘zbekistonliklarni oldinga olib chiquvchi to‘pni kiritdi.
Futzal. OCh-2018.
Eron – Tailand 9:1.
Gollar: Ahmad Ismoilpur 1,3, Ali Asqar Hassanzoda 4, Hussayin Toyibi 5, 16, 36, Mahdi Javid 21, Muhammad Shajari 24, 35 - Jiravat 22. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar