21:35 / 08.02.2018
4 635

Namanganlik hamyurtimiz «O‘zbek shashkasi» ixtirosi uchun patent oldi

Namanganlik hamyurtimiz «O‘zbek shashkasi» ixtirosi uchun patent oldi
O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi Namangan viloyati Norin tumani Dumar qishlog‘i fuqarosi Ulug‘bek Irisboyevga «O‘zbek shashkasi» nomli ixtirosi uchun mualliflik huquqini berdi, deb yozadi «Daryo».

Shashkalarning ko‘plab: rus, ingliz, Braziliya, Chexiya, turk, portugal, Kanada, fransuz va boshqa turlari mavjud. Ular bir-biridan o‘yin maydoni va qoidalari bilan farqlanadi.

O‘zbek shashkasi uchun 100 katakli taxta va 40 ta — har bir o‘yinchi uchun 20 tadan dona qo‘llaniladi. 90 yoki 110 katakli taxtadan ham foydalanish mumkin. O‘yinning asosiy o‘ziga xos jihati shashkalar: ular an’anaviysiga qaraganda yirikroq va ikki rang: bir tomondan och, ikkinchi tomondan to‘q rangga bo‘yalgan. O‘yin ikki partiyada: dastlab oq kataklar, so‘ngra qora kataklarda o‘tkaziladi.

Ulug‘bek Irisboyevning hikoya qilishicha, u talabalik yillaridan buyon o‘zbek shashkasini yaratishni orzu qilgan. Unga bu ishda qizi va jiyani yordam bergan, ular birgalikda o‘yin qoidalari, nazariyasi va amaliyotini yaratgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Namanganlik hamyurtimiz «O‘zbek shashkasi» ixtirosi uchun patent oldi