O‘zbekistonda yangidan tashkil qilingan superliganing joriy mavsumdagi g‘olibi katta miqdordagi pul mukofotiga ega bo‘ladi. Bu haqda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘zi ma’lum qildi.
«2018 yilgi mavsumdan boshlab mamlakat chempioni 1 milliard so‘mga yaqin rag‘batlantiruvchi mukofot olishi rejalashtirilgan. Super Liganing nafaqat kuchli uchligi, balki olti o‘rin egalarida mukofot pullari bo‘ladi. Demak, o‘sha 6-o‘rin uchun ham kurash kechadi.
Biz Pro-Liganing dastlabki uch, ayollar chempionati va futzal ligasining dastlabki uch o‘rin egalarini ham mukofotlaymiz. Bu haqda tez orada to‘liq ma’lumot beriladi. Aytmoqchi bo‘lganim, formatni ham yangiladik, mukofotlarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, Super Liga uchun titul homiy topish ustida jiddiy ishlayapmiz. Bular yaqin-yaqingacha yo‘q edi», deya gapirib o‘tdi Umid Ahmadjonov KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.
Umid Ahmadjonov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq ko‘rinishi tez orada e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi