«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Real Sosedad» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Kecha madridliklar raqib darvozasiga beshta gol urishning uddasidan chiqqan edi.
O‘yin haqida
«Birinchi bo‘lim juda ajoyib bo‘ldi. Tezkor gol urdik, raqibga bosim uyushtirib, juda intensiv harakat qildik. Keyin esa o‘yinni nazorat qildik, keyinni o‘yinni o‘ylab, almashtirishlarga qo‘l urdik. Men judayam xursandman. Birinchi daqiqadan gol urish hamisha yoqimli.
«PSJ» bilan o‘yin haqida
«PSJ» bilan o‘yinda kimlar maydonga tushishini hozirdan ma’lum, biroq bu haqda hozircha indamay turganim ma’qul.
Siz mendan Ronalduning o‘yinidan xavotirda ekanimni so‘radingiz. U bugun uchta gol urdi. Biz uning hamisha gol urishni istashini yaxshi bilamiz. «PSJ» undan ehtiyot bo‘lishiga to‘g‘ri keladi», dedi Zidan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi