
O‘zbekistonlik bokschi Ravshan Xudoynazarov (17-0-0, KO13) yana professional faoliyatini boshladi, deb yozadi Sports.uz nashri.
34 yoshli charm qo‘lqop ustasi professional faoliyatini 2008 yil aprelida boshlagan va shu vaqtga qadar 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan.
U so‘nggi marta ringga 2014 yil fevralida ko‘tarilgan va o‘sha jangda ugandalik Mustafa Katendeni texnik nokautga uchratgan. 2011 yili yarim o‘rta vazn toifasida WBA Fedelatin kamari uchun o‘tkazilgan jahon chempionligi jangida meksikalik Xose Luis Kruzni (41-9-2, KO33) mag‘lub qilgan.
Ravshan Xudoynazarov navbatdagi jangini AQShning Shimoliy Dakota shtatida o‘tkazadi. Unga mazkur jangda mezbon bokschi Ronaldo Kruz raqiblik qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar