"Paxtakor" Sergeyev jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi

"Paxtakor" Sergeyev jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi
Yangi mavsum uchun tayyorgarlikni BAAda davom ettirayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi bugun navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazdi.

Bu safar ularga hamyurtimiz Igor Sergeyev faoliyat olib boradigan mahalliy – “Al Dafra” klubi raqiblik qildi.

Mazkur o‘yinda Griffits hamda Gonsalveshlar tomonidan kiritilgan gollar evaziga “sherlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Nazorat o‘yini

“Paxtakor” (O‘zbekiston) – “Al Dafra” (BAA) 2:0
Gollar:
Griffits (28), Gonsalvesh (80)

“Paxtakor”: Suyunov, Sayfiyev, A’zamov, Tojiyev, Shorahmedov, Griffits, Ahmedov, Masharipov, Abdurahimov, Bezerra, Gonsalvesh.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar