Ronaldu Chempionlar Ligasi keyingi bosqichida “Barselona” bilan o‘ynamoqchi

Ronaldu Chempionlar Ligasi keyingi bosqichida “Barselona” bilan o‘ynamoqchi
Madridning “Real” jamoasi to‘purari Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi 1/4 final bosqichida “Barselona”ga qarshi o‘ynash niyatida.

Ispan OAVining xabariga ko‘ra, jamoadoshlari bilan “kiyinish xonasi”dagi suhbatda portugaliyalik forvard Chempionlar Ligasida PSJ dan omadli o‘tgan taqdirda, “qaymoqranglilar” kataloniyaning “Barselona” klubiga to‘g‘ri kelishlarini istaydi.

“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi fikriga ko‘ra, keyingi bosqich uchrashuvlarigacha tobora o‘yinini yaxshilayotgan madridliklar yaxshi formaga kirib oladilar, “ko‘k-anorranglilar” o‘yinida esa aksincha — kichik inqiroz kuzatilmoqda.

Manba: championat.asia
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar